🛒 0

Yangi va Saralangan Kitoblar

Shum bola

Shum bola

G'afur G'ulom

23000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Shum bola

Shum bola

Muallif: G'afur G'ulom

23000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Biz bugun sevib o‘qiyotgan kitoblarni yigirma-o‘ttiz yil o‘tib balki varaqlagimiz ham kelmas, ‎xohish topa olmasmiz. Lekin «Shum bola» qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik ‎sho‘xliklarini qo‘msab, sog‘inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz adibimiz G‘. G‘ulomning bu ‎qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi.‎ "Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi - Adolning "o‘g‘il ‎tug‘ib bergani"ga borib ulab "innankeyin"chi, o‘lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan ‎Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bolishni xohlasangiz kitob ‎mutolaasiga shoshiling.‎ Asar keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.‎
🛒 Savatchaga solish
Sariq devni minib

Sariq devni minib

Xudoyberdi To'xtaboyev

35000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Sariq devni minib

Sariq devni minib

Muallif: Xudoyberdi To'xtaboyev

35000 so'm

Kitob haqida tavsif:

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi X.To‘xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham ma’lum va mashhurdir. "Sariq devni minib" sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo‘lib, ularning sevimli kitoblaridan hisoblanadi. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo‘l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o‘qishda ekanligi ta’kidlanadi.
🛒 Savatchaga solish
×
Bolalik xotiralarim

Bolalik xotiralarim

Muallif: Oybek

36000 so'm

Kitob haqida tavsif:

"Atoqli oʻzbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek turfa voqealarga boy, mashaqqatli va ayni paytda ajoyib hayot yoʻlini bosib oʻtgan. Qoʻlingizdagi “Bolalik xotiralarim” kitobida u ana shu yoʻlning 1917-1918-yillarga qadar boʻlgan qismi bilan siz hurmatli kitobxonlarni tanishtiradi.Oybek singari ulugʻ allomalarning bolalik va yoshlik kezlari ularning koʻcha changitib yurgan oddiy boladan xalqning mutafakkir siymolaridan biriga aylanishi, ayniqsa, yosh avlodlar uchun hamisha maroqli va ibratlidir."
🛒 Savatchaga solish
×
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari

Baron Myunxauzenning sarguzashtlari

Muallif: Rudolf Erix Raspe

19000 so'm

Kitob haqida tavsif:

"Baron Myunxauzenning sarguzashtlari" ga XVIII asrda Germaniyada yashagan Baron Myunxauzenning hikoyalari asos qilib olingan. U harbiy boʻlgan, bir qancha vaqt Rossiyada xizmat qilgan va Turkiyaga qarshi urushda ishtirok etgan. Germaniyadagi mulkiga qaytgach, Myunxauzen tez orada aql bovar qilmaydigan sarguzashtlarni oʻylab chiqargan zakiy hikoyachi sifatida taniladi. Hikoyalarini oʻzi qogʻozga tushirganmi, yoinki bu ishni boshqa biron kimsa amalga oshirganmi, xullas 1781-yili ulardan baʼzilari bosilib chiqadi. 1785-yili nemis yozuvchisi E.Raspe ularni qaytadan ishlab, nashr etadi. Keyinchalik bularga boshqa yozuvchilarning Myunxauzen haqidagi fantastik hikoyalari qoʻshiladi. Ammo kitobning muallifi E.Raspe hisoblanadi.
🛒 Savatchaga solish
×
Robinzon Kruzoning Sarguzashtlari

Robinzon Kruzoning Sarguzashtlari

Muallif: Daniyel Defo

29000 so'm

Kitob haqida tavsif:

"Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari" romani -jahon adabiyotining o‘lmas durdonalaridan biri hisoblanadi ! Ushbu asar vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo‘lgan. Asarni o‘qish daomida biror joyda mantiqsizlikka duch kelmaysiz. Asarning asosiy qahramoni Robinzon Kruzo bo‘lsa ham, adib asarda inson ongining nimalarga qodir ekanligini tasvirlashni asosiy maqsad qilib olgan. Chunki insonning nimaga qodirligi uning nimaga majburligidan kelib chiqadi. Ushbu kitob ilk bor o‘zbek tilida 1965 yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so‘z va jumlalarning ma’nosi izohlanmagan yoki ruscha so‘zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o‘sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo‘shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi o‘zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
🛒 Savatchaga solish
×
Tom Soyerning sarguzashtlari

Tom Soyerning sarguzashtlari

Muallif: Mark Tven

89000 so'm

Kitob haqida tavsif:

“Tom Soyerning sarguzashtlari” - bolalik, erkinlik va haqiqiy do‘stlik haqida yozilgan, avlodlar osha o‘qilib kelayotgan jahon adabiyotining durdonasi. Amerikalik mashhur yozuvchi Mark Tven asarlarini o‘qimagan kitobxon topilmasa kerak. Uning ijodi bolalar adabiyotining mumtoz namunalari qatoridan joy olgan va bugungi kungacha millionlab o‘quvchilarni o‘ziga rom etib kelmoqda. Mark Tven bolalar hayotini ortiqcha bezaklarsiz, sun’iy qahramonlarsiz, ularning sho‘xligi, qiziqqonligi, samimiyligi va ba’zan qaysarligini hayotiy va ishonarli tarzda tasvirlaydi. Shu bois uning qahramonlari har bir o‘quvchiga juda tez yaqin bo‘lib qoladi.
🛒 Savatchaga solish
Sahifa 1 / 1

Xarid Savatchangiz

🛒

Savatchangizda hozircha kitoblar yo'q.

Jami Hisob

Kitoblar summasi: 0 so'm
Yetkazib berish: 0 so'm
Umumiy qiymat: 0 so'm
Buyurtmani rasmiylashtirish
×

Yetkazib berish ma'lumotlari